Levandovskiga boy xaridor chiqdi

  • 9 dekabr, 2023, 11:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski yozda jamoasini o‘zshartirishi kutilmoqda. Kataloniyaliklar ham polshalik forvardni sotib yuborishga qarshi emas.

Tecno

Mundo Deportivo nashrining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi 35 yoshli hujumchini transfer qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Aslida  Robert o‘tgan yoz ham Saudiya Arabistoni klublari qiziqishiga sabab bo‘lgandi. Biroq u Kataloniyada qolishni ma’qul topgan.

Ayni paytda “Al-Hilol”da Yasin Bunu, Kalidu Kulibali, Sergey Milinkovich-Savich, Ruben Nevesh, Malkom, Neymar va Aleksandr Mitrovich kabi Evropa futbolida nom chiqargan futbolchilar to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!