Levandovski Xavining kamchiligi nimada bo‘lganini aytdi

  • 13 fevral, 12:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Robert Levandovski Flik hamda Xavining "Barselona"dagi ishini solishtirdi. 

- Flik yozda "Barselona" murabbiyi bo‘lishidan avval sizga qo‘ng‘iroq qilganmi? Yoki bu haqda klub rasmiy xabarni e’lon qilganidan so‘ng bilganmisiz? 

- Men u bilan faqatgina "Barsa" ustozi bo‘lishi aniq bo‘lgan paytda gaplashdim. Bu qaror qabul qilinmaguncha, biz suhbatlashmadik. 

- U chindan ham Xavidan keskin farq qiluvchi murabbiymi? 

- Yo‘q. Men doim Xavida hammasi borligini ta’kidlaganman. Har bir murabbiy individualdir. Har kimning futbol va taktikalar bo‘yicha shaxsiy pozitsiyasi bor. 

- Xavi klubga, atrof-muhitga, hatto jurnalistlarga ham ancha yaqin edi. Menimcha, ba’zan biroz masofani saqlash kerak. Sababi, Barselona va o‘zi umuman Ispaniya ommaviy axborot vositalari boshqacha. 

- Ayrim hikoyalar qaerdan va qanday asosda paydo bo‘lishiga hayron qolardim. Bularning barchasi befoyda ekanligini tushunganimdan so‘ng masofa saqlashni o‘rgandim", - dedi "Barselona" forvardi. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!