
Levandovski "Real" bilan raqobat haqida gapirdi
Polshalik hujumchi Robert Levandovski "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi raqobat haqida gapirdi.
"Real" – bizning ajoyib raqibimiz. Ishonchim komilki, "Barsa"da hammasi yaxshi bo‘ladi. Biz ularni kerakli vaqtda mag‘lub etishga tayyor bo‘lamiz", - dedi forvard "La Vanguardia" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Barsa" o‘rtasidagi so‘nggi o‘yinda "qirollik klubi" 3:1 hisobida g‘alaba qozongandi. Madridliklar so‘nggi 7ta o‘yinning 6tasida "Barsa" ustidan g‘alaba qozonib kelmoqda.
Fikrlar