
Levandovski o‘rniga 100 million evrolik hujumchi keladi
“Barselona” yoshi o‘tib qolayotgan Robert Levandovski o‘rniga boshqa hujumchi qidirishda davom etmoqda.
El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar Ispaniya terma jamoasi va “Portu” futbolchisi Samuel Omorodionni nishonga olgan.
Kataloniyaliklar 20 yoshli Omorodionni olib kelib, bu pozitsiyada uzoq muddatga yopmoqchi.
36 yoshli Robert Levandovskining “Barselona” bilan kelishuvi 2026 yilning yozigacha davom etadi.
Omorodion avval Madridning “Atletiko” klubida o‘ynagan. Yozda iste’dodli hujumchi “Portu”ga ko‘chib o‘tib, portugaliyaliklar bilan 2029 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
“Portu” to‘purarlik qobiliyatini namoyish etib kelayotgan yangi o‘yinchisini 100 million evro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar