
Levandovski: Nima bo‘lsa ham "Barselona"ga o‘taman
"Barselona" rahbariyati jamoada maosh chegarasini joriy etishga qaror qilgach, klub futbolchilarining hech biri yiliga 10 million evrodan ko‘p maosh ololmaydigan bo‘ldi.
AS nashri xabariga ko‘ra, "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski Kataloniya klubining bunday shartlariga rozi bo‘lgan va klub bilan 3 yillik shartnoma imzolashga tayyor.
Agar Robert "Barselona"ga o‘tsa, yiliga soliqlardan tashqari sof 9 million evro ishlab oladi.
Shu tariqa u jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi. Qizig‘i shundaki, Levandovski hozirda "Bavariya"da yiliga 24 million evro maosh oladi.
Robert Levandovski o‘tgan mavsum “Bavariya”da jami 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 50 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar