
Levandovski: "Mbappe menday hujumchi emas"
Robert Levandovski yangi mavsumda "Real" bilan raqobatdan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.
- "Real Madrid" Chempionlar Ligasi va La Ligada g‘alaba qozondi, ammo biz ular bilan raqobatlashishga tayyormiz, bu biz uchun chaqiruv.
Mbappe men kabi hujumchi emas, u boshqa turdagi o‘yinchi, lekin u qo‘shimcha motivatsiya, - dedi "Barselona" forvardi.
Eslatib o‘tamiz, Levandovski o‘tgan mavsum "Barselona" safida 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar