Levandovski Ispaniyaning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

  • 19 mart, 2024, 23:16
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasida "Atletiko" bir qator yirik transferlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Shuningdek, klub bitta top darajadagi hujumchi bilan ham shartnoma imzolashni istamoqda. 

Tecno

"Matraschilar"ga oid insaydlar beruvchi Ruben Urianing so‘zlariga ko‘ra, Madrid jamoasi Robert Levndovskiga qiziqish bildirmoqda. "Barselona" ham polshalik strayerkni qo‘yib yuborishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, Levandovski 2022 yilda "Bavariya"dan 45 million evroga sotib olingandi. Uning kataloniyaliklar safiga kelib qo‘shilishida asosiy ro‘lni o‘ynagan Xavi esa mavsum so‘nggida klubni tark etmoqda. 

Robert ushbu mavsumda "Barselona"ning eng ko‘p golida ishtirok etayotgan futbolchisidir. U barcha chempionatlar doirasida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta golda qatnashdi. 

Shuni ham ta’kidlash kerak, "Atletiko" va Kataloniya jamoasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar oson kechmaydi. So‘nggi yillarda Madrid tomoni arzimagan pullar evaziga "Barsa"ning ajoyib futbolchilarini qo‘lga kiritdi. Bundan esa Joan Laportaning jahli chiqqanligi borasida mish-mishlar yuradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!