
Levandovski ertaga Ukrainaga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski ertaga Ukrainaga (11 noyabr) qarshi bo‘ladigan o‘yinda Polsha terma jamoasiga yordam berolmaydi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Eji Bjenchek aytib o‘tdi.
“Ukrainaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida biz Evropa musobaqalarida ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilarga dam olish imkoniyatini beramiz. Levandovski? Ha, ularning orasida Robert ham bor. Bizda doimiy rotatsiya bor”, - dedi Bjenchek.
Polsha terma jamoasi Ukrainadan so‘ng Italiya (15 noyabr) va Niderlandiyaga (18 noyabr) qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.
Fikrlar