
Levandovski Chempionlar ligasida o‘ynashga o‘rgangan. Xavi uni Evropa ligasida o‘ynatish uchun nimalar qilgan?
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes hujumchi Robert Levandovskining "Manchester Yunayted"ga qarshi Evropa ligasi pley-off bosqichidagi ishtiyoqi haqidagi savolga javob berdi.
Daily Mail nashrining yozishicha, mutaxassis Ispaniya terma jamoasidagi sobiq sherigi Pepe Reynadan Chempionlar ligasida o‘ynashga o‘rganib qolgan yulduz hujumchini qanday ruhlantirish kerakligi haqida so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, ikki o‘yinli qarama-qarshilik natijalariga ko‘ra, "Barselona" "qizil iblislar"ga umumiy 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va evrokubokdan uchib ketdi.
Joriy mavsumda Robert barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda qatnashib, 25 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar