
Levandovski Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi
“Bavariya” forvardi Robert Levandovski kecha “Xoffenxaym”ga (1:2) qarshi bahsda jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.
E’tiborlisi, polshalik hujumchi shu tariqa o‘zining Bundesligada kiritgan gollari sonini 213 taga etkazib oldi va bu borada Manfred Burgsmyullega etib oldi. U ayni damda Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Bundesliga tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar Yupp Xaynkes (220), Klaus Fisher (268) va Gerd Myullerlar (365) hisoblanishadi.
Fikrlar