
Levandovski "Barsa"da yana bir yil o‘ynaydi
Robert Levandovski "Barselona"da yana bir yil qoladi. "Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, 36 yoshli hujumchi "Rayo Valekano"ga qarshi o‘yinda maydonga tushsa, uning shartnomasi avtomatik ravishda 2026 yilning yoziga qadar uzaytirilishi kerak edi.
Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv kuni kecha bo‘lib o‘tdi. "Barselona" o‘z raqibini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Polshalik hujumchi esa g‘alaba golini kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar