
Levandovski, shoshmay tur!
“Barselona” rahbariyati asosiy transfer nishonlari – “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva va “Sevilya” himoyachisi Jyul Kunde bilan bog‘landi.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub mutasaddilari bu o‘yinchilardan transfer uchun talab qilinayotgan summa to‘plangunga qadar, kutibni turishni va boshqa takliflarni qabul qilmaslikni so‘ragan.
Bu o‘yinchilar orasida Kundening transferiga umid kam. Frantsiyalik futbolchi “Chelsi”ning taklifini qabul qilishga moyil bo‘lib turibdi.
Levandovski esa Kataloniyaga ko‘chib o‘tish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan. Uning rafiqasi Anna Frantsiya va Angliyada yashamasligini ta’kidlaganidan keyin hujumchi bu mamlakatlardan bo‘lgan takliflarni qabul qilmadi.
Bernardu Silva anchadan beri Ispaniyaga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lyapti. Xosep Gvardiola ham bu o‘yinchini qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Fikrlar