"Lester"da Meddisonga ishonishmoqda
Yozgi transfer oynasi vaqtida grand klublar qiziqishlari doirasiga kirishi kutilayotgan angliyalik yarim himoyachi Jeyms Meddison faoliyatini "Lester"ni tark etmasligi mumkin.
Britaniya matbuoti xabariga ko‘ra, "tulkilar" futbolchi bilan yangi kelishuv borasida muzokaralarni boshlab yuborishgan va tomonlar ushbu oy yakunigacha bir to‘xtamga kelishi kutilmoqda. Unda, Meddisonning maoshi sezilarli darajada yuqorilashi, biroq futbolchi uchun tovon puli belgilanmasligi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi "tulkilar" libosida 24 o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta gollik uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar