Lempard: Bu shogirdimni hech kimga bermayman!
“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard frantsiyalik legioner N’Golo Kantedan voz kechmasligini ma’lum qildi.
- Kantening Londondagi kelajagi haqida turli xabarlarga ko‘zim tushdi. Kante maydon markazida to‘p suradigan eng zo‘r futbolchilardan. Uning hamma narsasi bor va u biz bilan qolishini istayman, - dedi Lempard.
Kantega “Real” xaridor bo‘lmoqda. Madridliklar bu futbolchi uchun 71 million funt taklif qilgan.



Fikrlar