
Lempard bu futbolchini "Everton"dan ketkazmoqchi
"Everton" himoyachisi Yerri Mina katta ehtimol bilan mavsum so‘ngida "irischilar" safini tekinga tark etadi.
Jurnalist Raisa Simplicning yozishicha, bosh murabbiy Frenk Lempard kolumbiyalik futbolchidan qutulishga qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mina "Everton" safiga 2018 yilning yozida "Barselona"dan ko‘chib o‘tgan edi. Biroq, himoyachi unga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi.
Bundan avvalroq, Mina mavsum yakunlangach Milan Shkrinyarning o‘rniga o‘rinbosar izlashga majbur bo‘lishi mumkin bo‘lgan "Inter"ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar