Legionerlarimiz. To‘liq 90 daqiqa harakat qilgan Abbos Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi?
Rossiya premer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan TsSKA - "Baltika" bahsi o‘z nihoyasiga etdi va unda moskvaliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona golni 18-daqiqada Viktor Davila kiritdi. Legionerimiz Abbosbek Fayzullaev o‘yinning ilk daqiqalaridan maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Unda gol urishga vaziyatlar bo‘ldi, biroq omad etishmadi. Uchrashuvdan so‘ng "Who Scorred" portali futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Fayzullaev 6.9 ballga loyiq ko‘rildi.




Fikrlar