
Legionerimizning supergoli foydasiz ketdi
Qozog‘iston Premer-ligasi uchinchi turining markaziy uchrashuvida chempionlik uchun kurashayotgan ikki jamoa – “Ordabasi” va “Qayrat” o‘zaro to‘qnashdi.
Bu uchrashuv qo‘shni mamlakat chempionatini kuzatib borayotgan o‘zbekistonlik futbol ishqibozoarining alohida qiziqishiga sabab bo‘ldi. Chunki Premer-ligada o‘zbek derbisi kuzatildi.
Amaldagi chempion – “Ordabasi” sharafini himoya qilayotgan ikki legionerimiz – Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov ham, “Qayrat”ning asosiy figuralaridan biriga aylanib borayotgan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.
Ushbu bahsdan oldin chimkentliklarning imkoniyati yuqori baholangan edi. Biroq amalda bunday bo‘lib chiqmadi.
Mehmonlar dastlabki daqiqalardan hujumga zo‘r berdi. Birinchi bo‘lim oxirida Adilet Sadibekov burchakdan uzatilgan to‘pni “Ordabasi” darvozasiga joyladi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Joao Paulo uzoq masofadan aniq zarba bilan “Qayrat”ning ikkinchi golini kiritishni uddaladi.
“Ordabasi” vakillari raqib himoyasini yorib o‘tishga ancha qiynaldi. Bahsning 84-daqiqasida “Qayrat” darvozasi tomon jarima zarbasi belgilandi. Masofa uzoq bo‘lishiga qaramay, Jasurbek Yaxshiboev aniq zarba bilan hisobdagi farqni qisqartirdi.
Bellashuvning qolgan daqiqalarida chimkentliklar harchand urinmasin mag‘lubiyatdan qutilib qololmadi – 1:2.
Chempionatdagi ikkinchi golini kiritgan Jasurbek Yaxshiboev ham “Qayrat” himoyasini mustahkam ushlagan Ibrohimxalil Yo‘ldoshev to‘liq harakat qildi. Jarohatidan tuzalganidan keyin birinchi o‘yinini o‘tkazgan Shahboz Umarov esa, 63-daqiqada zaxiraga olindi.
Uchinchi turdan keyin “Qayrat” ochkolari sonini 7 taga etkazib, birinchi o‘rinda turgan “Tobol” jamoasiga etib oldi.
Premer-ligasidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan “Ordabasi” to‘rt ochko bilan beshinchi o‘rinda qayd etilgan.
Qozog‘iston Premer-ligasida to‘rtinchi tur uchrashuvlari 6-7 aprel kunlari o‘tkaziladi. “Qayrat” 6 aprelga belshgilangan navbatdagi bellashuvda o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Jetisu” futbolchilarini qabul qiladi.
“Ordabasi” esa, 7 aprelda o‘zi kabi uchta o‘yinda to‘rtta ochko jamg‘argan “Turon” jamoasi maydoniga safar uyushtiradi.
Fayzullaev Kvinsi Promesning o‘rnini egallashi mumkin
TsSKA Fayzullaevni Osiyo kubogiga qo‘yib yubormayotganiga munosabat bildirildi
Fikrlar