Legionerimizning shartnomasi tugayapti, tez orada O‘zbekistonga qaytadi

  • 16 may, 2021, 21:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

2019 yildan beri Rossiya Milliy futbol ligasida “Nefteximik” sharafini himoya qilayotgan  Bobur Davlatovning 30 may kuni klubi bilan shartnomasi yakuniga etadi.

Tecno

Futbolchining sports.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, tez orada O‘zbekistonga qaytadi. U “Nefteximik” bilan shartnomasini uzaytiradimi? Hozircha bu mavhum bo‘lib turibdi. Negaki, Davlatov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga ham qarshi emas. Shu bois takliflarni ko‘rib  chiqishga tayyor. O‘zining aytishicha, jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan. Lekin “Nefteximik”ning asosiy tarkibidan joy olishi qiyin kechmoqda.

bobur_2

Masalan, kecha safarda “Chayka Peschanokopskoe”ga qarshi uchrashuvda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bobur Davlatov bilan Vagiz Galiulin “Nefteximik” safida maydonga tushmadi. Yaqin orada O‘zbekistonga qaytgach, keyingi taqdiri borasida bir qarorga kelishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
16/05/2021 22:13
Kelsang ham uka yana Nasafka kelsa kerak har qalay oldin ham uyin qochgan Vaqt Nasafka kelib uyinni ochilib yana qaytib ketuvding.