Legionerimizning goli uchrashuvda burilish yasadi

  • 6 mart, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Milliy futbol ligasining 28-turida “Nefteximik” o‘z maydonida “Dinamo-Bryansk” futbolchilarini qabul qildi.

Tecno

“Nefteximik” o‘zbekistonlik futbol muxlislarining e’tiboridagi jamoa.  Bu klubda ikki nafar futbolchimiz – Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov to‘p tepmoqda.

91489

Vagiz jamoaning eng tajribali o‘yinchisi sifatida sardor vazifani ham bajaradi. “Nefteximik” premer-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini qo‘ldan chiqargan bo‘lsa-da, har bitta uchrashuvda g‘alaba uchun harakat qilmoqda. Aslida mavsum boshida Galiulin etakchiligidagi jamoa oldiga premer-ligaga chiqish uchun kurashish vazifasi qo‘yilgan edi.

“Dinamo-Bryansk” bu mavsum ligada qolish uchun kurashmoqda. Ayni paytda bu jamoa musobaqa jadvalida 20-pog‘onani egallab, xavfli zonaning qoq markazidan turibdi.

Jon saqlab qolishga urinayotgan “Dinamo-Bryansk” safarda o‘ynashiga qaramay, mezbonlarga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qildi. Jamoa hujumchisi Maksim Danilin to‘rtinchi daqiqadayoq hisobni ochdi. Bu 19 yoshli futbolchining faoliyatidagi birinchi goli sifatida qayd etildi.

Biroq, bryanskliklarning xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. Ikki daqiqadan keyin, Vagiz Galiulin hujumni gol bilan yakunlab, uchrashuvda burilish yasadi. Vagiz Galiulin joriy mavsumdagi to‘rtinchi goliga mualliflik qilganini alohida ta’kidlash lozim.

GOUOoyoM6AM_1

Birinchi bo‘lim davomida “Nefteximik” hujumchisi Merabi Urudiya mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda nijnekamsklik futbolchilar hujumkorlikni oshirdi. O‘yin oxirigacha Aleksandr Yushin, Fyodor Pervushin va Artyom Kotik bittadan gol kiritib, yakuniy hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi – 5:1.

Vagiz Galiulin bu uchrashuvda 76-daqiqagacha o‘ynagan bo‘lsa, yosh yarim himoyachimiz Bobir Davlatov zaxirada qoldirildi.

bf9e7f1d1b07244b.xl_1

Shu tariqa, 28-turdan so‘ng “Nefteximik” to‘plagan ochkolar soni 46 taga etdi va jamoa etinchi o‘rinda bormoqda.

“Dinamo-Bryansk”ning mag‘lubiyati yana bir legionerimiz – Vitaliy Denisov sardorlik qilayotgan “Tom”ga qo‘l keldi. Tomskliklar safar uchrashuvida “Tekstilshik”  bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, 22 ochko bilan “Dinamo-Bryansk” jamoasiga etib oldi.  Bu bahsda Vitaliy Denisov 90 daqiqa faol o‘ynadi.

“Nefteximik” navbatdagi uchrashuvda “Spartak-2” jamoasi mehmoni bo‘ladi. “Tom” futbolchilari o‘z maydonida musobaqa peshqadami “Krilya Sovetov” klubini qabul qiladi. Milliy futbol ligasining 29-tur uchrashuvlari 10 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Rossiya klubi futbolchimizning shartnomasini bekor qildi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!