Legionerimiz qaydnomada ham yo‘q! Sabab?
Birozdan so‘ng Serbiya Superligasi doirasida "Novi Pazar" - "Edinstvo UB" bahsi start oladi.
"Edinstvo UB" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Amirbek Saidov jamoasining mazkur bellashuv uchun qaydnomasiga kiritilmagan. Buning sababi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yig‘ini bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlash kerak, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 4, 7 va 10 sentyabr kunlari U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi oldidan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga chiqadi.




Fikrlar