
Legionerimiz klubining eng yaxshi futbolchisi deb topildi (foto)
Biroz avval Oston O‘runov "Ufa"ning fevral-mart oylaridagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgani haqida xabar bergan edik.
Endi yana bir hamyurtimiz Igor Sergeev ham so‘rovnoma g‘olibiga aylandi. "Aktobe" jamoasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etilgan legionerimiz umumiy 201 ta ovoz to‘pladi. Ushbu nom uchun vakilimizdan tashqari Tongo Dumbiya hamda Alisher Ajimov ham jiddiy kurash olib bordi. Yakunda frantsiyalik Dumbiya 2-o‘rin, Ajimov 3-pog‘onani band etdi.
Ma’lumot uchun, Igor "Aktobe" safida 2-o‘yin o‘tkazgan holda, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jamoa Qozog‘iston Premer-ligasida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar