
Legionerimiz g‘alabaga hissa qo‘shdi
Rossiya Milliy futbol ligasida Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov o‘ynayotgan “Nefteximik” jamoasi Moskvadan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi.
29-tur uchrashuvini “Spartak-2” jamoasiga qarshi o‘tkazgan nijnekamskliklar qiyin o‘tgan bahsda kichik hisobda zafar quchdi. Mezbonlar bellashuvda jiddiy qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, “Nefteximik” futbolchilari hujumlardan birida penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. 66-daqiqada belgilangan penaltini Ilya Petrov aniq amalga oshirdi.
“Nefteximik sardori Vagiz Galiulin 85-daqiqaga qadar jamoasining hujumlarida faol qatnashib, g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi. Bobir Davlatov 62-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi va yaxshi harakat qildi.
Ettinchi pog‘onani egallab turgan “Nefteximik” shu tariqa, ochkolari sonini 49 taga etkazib oldi va yuqor o‘rinlar uchun kurashmoqda.
Fikrlar