Legioner darvozabonimizni Armaniston va Qozog‘istonda kutishyapti, o‘zi esa...

  • 6 dekabr, 2021, 22:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston birinchiligida to‘p surayotgan legionerlarimiz borligini bilsangiz kerak-a? “Ravshan” jamoasi darvozasini qo‘riqlagan posbon o‘zbekistonlk Muxriddin Ahmedov ekanligini alohida aytsak arziydi. Boisi, u o‘z klubining asosiy darvozaboni sifatida barchada iliq taassurot qoldirdi.

Tecno

O‘tgan yili Qirg‘iziston chempionatida ishtirok etgan darvozabon bu mavsumni Tojikistonda o‘tkazdi. Aftidan, u yanada yaxshiroq chempionatga ko‘chib o‘tadigan ko‘rinadi. Boisi, hamyurtimizga Tojikiston chempionatidan saviyasi balandroq bo‘lgan birinchiliklardan aniq takliflar kelib tushyapti. Qolganini uning o‘zidan batafsil eshitamiz.

“Klubim yangi shartnoma taklif qildi”

- Klub bilan bir yillik shartnomam bor edi, - deya gap boshladi, Ahmedov. - Biz mavsum davomida 5-6-o‘rinlarda yurdik. Lekin tarkibimizda ko‘p jarohat olganlar bo‘ldi va ikkita legionerimiz koronavirusga chalinib qoldi. Keyin ular o‘z davlatiga qaytarib yuborildi. O‘sha legionerlarsiz natijada mavsumni 8-pog‘onada tugatdik va Tojikiston oliy ligasida qoldik. Jamoa menga yangi shartnoma taklif qilyapti. Men hali bu to‘g‘risida yaxshilab o‘ylab ko‘rishim kerak, oldimizda vaqt ko‘p. Menda bundan tashqari yana o‘ylab ko‘radigan boshqa takliflar ham bor. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston chempionatlaridan jiddiy qiziqishlar bo‘lyapti. To‘g‘risini aytsam, o‘zimga qolsa, O‘zbekiston Superligasida o‘ynashni xohlayman. Tan olaman, Qozog‘iston varianti ham menga qiziq tuyulyapti. Dekabr oyida aksariyat joylarda chempionat tugab, barcha dam oladi. Menimcha, yanvar oyida hal bo‘ladi.

axmedov1_1

“Menda hech qanaqa agent yo‘q”

- Yangi takliflar bo‘yicha batafsil gapiradigan bo‘lsam, yaqinda Armaniston klubini boshlig‘i bizning “Istiqlol” bilan o‘yinimizga keldi. O‘yindan keyin nomerimni oldi va men bilan aloqaga chiqdi. Bizni chempionatda o‘ynay olasanmi, kuching etadimi, deb so‘radi. Baribir bu ham Evropa-ku, o‘ynab ko‘rishni xohlardim. O‘sha “Istiqlol” bilan uchrashuvda biz 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldik. 85-daqiqada birinchi golni penaltidan o‘tkazdik va ikkinchisini darvozamizdan 90+3-daqiqada olib chiqdik. O‘sha o‘yindan kelib chiqib arman klubi boshlig‘i menga taklif bildirdi. Qozog‘istondan taklif bilan aynan qaysi klub chiqqanini aytmay turganim ma’qul. Menda hech qanaqa agent yo‘q. Shuning uchun klublar doim o‘zimga aloqaga chiqishadi.

axmedov4

“Futbolchi sifatida o‘sishga erishdim”

- Ha, bu yil Tojikiston chempionatida birinchi mavsumni o‘tkazdim. Bu erdagi saviya ancha oshyapti. Buni “Istiqlol” Osiyo Chempionlar ligasida ko‘rsatib qo‘ydi. Tojikistondagi faoliyatimdan qoniqish hosi qildim desam ham bo‘ladi. Boshida jarohat tufayli 5-6 ta turni o‘tkazib yubordim. Maydonga qaytganimdan so‘ng, 20 taga yaqin o‘yinda ishtirok etdim. Bu erda futbolchi sifatida o‘sishga erishdim. Musofir yurtda to‘p surish baribir boshqacha. Ayniqsa, darvozabon sifatida legioner maqomida o‘ynash og‘ir mas’uliyat. Har bir uchrashuvda jiddiy bosim bo‘ladi. Chunki legioner bo‘lganingiz uchun har bir o‘yiningizni kuzatishadi va sizdan ko‘p narsa kutadi. Axir legionersiz va boshqalardan ikki-uch bosh ustun bo‘lishingiz talab etiladi. Keyingi yili bundan ham yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman.

axmedov_1

“Bu erga kelib o‘zimni ko‘rsatmaganimda menga pul sarflamasdilar”

- Men o‘ynagan jamoa xususiy hisoblanadi, biznesmenning klubi. U erda oylik maoshlar o‘z vaqtida beriladi. Faqat ikki oylik hisob-kitob qiladigan ishlari qoldi xolos. Men bilan yana ikkita ganalik legioner bor edi. Bizga alohida uy berishgan. Futbolchilarga sharoit va e’tibor yaxshi. Agar bu erga kelib o‘zimni ko‘rsatmaganimda menga pul sarflamasdilar. Legioner uchun 1000 dollar to‘lab federatsiyada ro‘yxatdan o‘tkaziladi. O‘yinimni ko‘rib, ma’qul kelganidan keyin men uchun harajatlar qilishgan. Klubda oylik va mukofot pullari hammaga har xil. Albatta, legionerlarga ko‘proq to‘lanadi. Talab ham shunga yarasha so‘raladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!