
"Leganes" Lazizbek Mirzaevning transferini e’lon qildi
Iqtidorli yarim himoyachi Lazizbek Mirzaev Ispaniyaning "Leganes" klubiga transfer qilingani haqida xabar bergan edik. Ispaniya klubi bugun futbolchimizni jamoaga ko‘chib o‘tgani haqida xabar berdi.
"Leganes" tarkibini Toshkentning "Lokomotiv" klubining 18 yoshli futbolchisi Mirzaev Lazizbek bilan mustahkamladi. Futbolchi "Juvenil A" jamoasida o‘ynaydi.
Mirzaev xalqaro tajribaga ham ega bo‘lib, 2023 yilda bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Angliyaga qarshi o‘yinda gol urgan va O‘zbekistonning Ispaniya bilan durang o‘ynashida muhim rol o‘ynagan.
Ushbu transfer orqali "Leganes" o‘zining xalqaro iste’dodlarni jalb etishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar