
Lazizbek Mullojonov ilk jangida raqibini qiyinchiliksiz taslim etib, jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yichi erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun 3 nafar bokschimiz Toshkentda o‘tayotgan jahon chempionatida ringga ko‘tariladi.
-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Marlo Xartado (Kolumbiya) (A ring, 15:40 dan so‘ng)
-57 kg: Abdumalik Xalokov - Kevin Alikok (Gayana) (A ring, 18:55 dan so‘ng)
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Huseyn Iashish (Iordaniya) (B ring, 19:40 dan so‘ng)
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qilmoqda.
Birinchi raundda hakamlar Lazizbek Mullojonovning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Ikkinchi raundda hakamlar bir ovozdan hamyurtimizning ustunligini qayd etishdi - 5:0.
Uchinchi raundda ham hakamlarning barchasi vakilimizning harakatlarini yuqori baholadi - 5:0. Yakuniy natija ham 5:0.
Lazizbek Mullojonov ilk jangida raqibini qiyinchiliksiz taslim etib, jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi.
Fikrlar