
Lautaro Martines kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?
"Inter" sardori hisoblangan Lautaro Martines PSJdan uchralgan alamli mag‘lubiyat haqida gapirdi:
"Biz tayyorgarlik ko‘rgan narsalarning birortasini ham amalga oshira olmadik. PSJni tabriklayman, ular xatosiz o‘ynab, g‘alabaga munosib bo‘lishdi.
Jamoa, murabbiy va klubimiz bilan faxrlanaman. Birorta ham sovrin yutmagan bo‘lsak-da, ajoyib mavsum o‘tkazdik. Endi o‘rnimizdan turib, oyoqqa turishimiz kerak. Biz kurashga bor kuch-g‘ayratimizni sarfladik. Tushkunlikka tushgan bo‘lsak-da, ichimda g‘urur hissi bor" - deya ta’riflab o‘tdi argentinalik hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli forvard kechagi bellashuvda 90 daqiqa harakat qilib, 6.1 ballni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar