Laporta: "Yutqazishni ham bilish kerak"

  • 23 sentabr, 20:46
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta "Real"ning "Oltin to‘p"ni boykot qilgani haqida gapirdi. "Qirollik klubi" bir yil avvalgidek Parijdagi marosimni o‘tkazib yubordi, o‘shanda "Oltin to‘p" Vinisius Juniorga nasib etmasligi ma’lum bo‘lgandi. Bu yilgi sovrinni PSJ a’zosi Usmon Dembele qo‘lga kiritdi.

Tecno

-"Real"ning pozitsiyasi haqida qanday fikrdasiz?

 "Bilganlarini qilishsin. "Barselona" uchun qayg‘uramiz. Mukofotga nomzodlar va tashkilotchilarga hurmat yuzasidan marosimlarda ishtirok etamiz.

Biz sportni shunday tushunamiz. Yutish mumkin, yutqazish mumkin. Yutqazishni ham bilish kerak. Omadimiz bor ekan, ko‘p yutyapmiz va kam yutqazyapmiz", - dedi "Barsa" prezidenti Laporta Catalunya Radio efirida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
23/09/2025 21:56
Кунтелар. Думбалар жамоаси. (Cules)