Laporta: "Yamal mashhurlikni boshqarishni biladi"
"Barselona" prezidenti Joan Laporta yosh iqtidor egasi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
"Uni qo‘llab-quvvatlash, unga to‘g‘ri maslahatlar berish kerak. Ammo u boshqalarga nisbatan ancha etuk, chunki u allaqachon ko‘p narsani boshidan kechirgan.
Shon-shuhrat uni chalg‘itishi mumkin, ammo u buni juda yaxshi boshqara olyapti", — dedi Laporta "El Chiringuito" nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, hozirgi kunda Lamin jarohati sabab Ispaniya terma jamoasiga FIFA kunlarida yordam bera olmayapti. Uning bir necha haftadan so‘ng safga qaytishi kutilmoqda.



Fikrlar