Laporta Xavining ketgani haqida gapirdi

  • 25 iyul, 2024, 19:28
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joan Laporta Xavining "Barselona"dan nega chetlatilganini tushuntirdi.

Tecno

Kataloniya klubi prezidenti Xansi Flikning "Barselona"ning yangi murabbiyi sifatidagi rasmiy taqdimot marosimida jamoaning sobiq bosh murabbiyi haqida gapirdi.

- Men Xavi haqidagi gaplarga to‘xtalmoqchiman. Uning qolmaslik haqidagi qarorni e’lon qilish oson emas edi. Siz juda hurmat qiladigan va "Barsa" tarixini oltin harflar bilan yozgan inson haqida bunday qarorga kelish juda qiyin. Direktorlar kengashi va men prezident sifatida klub manfaatlarini turli vaziyatlardan ustun qo‘ydik. "Barselona" har doim birinchi o‘rinda turadi. Men Xavi va uning jamoasiga eng qiyin paytda klubga yordam bergani uchun rahmat aytmoqchiman.

Ular La Liga, Superkubokni qo‘lga kiritishdi va akademiya o‘yinchilarini kashf etishdi.

O‘tgan mavsum kutilganidek o‘tmadi va bizga yangi turtki kerak edi, - dedi Joan Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!