Laporta: Gegemonligimizni davom ettirmoqchimiz

  • 25 iyul, 2023, 17:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joan Laporta "Barselona"ning Chempionlar ligasi uchun kurashmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

Tecno

“2003 yil eng qiyin payt edi. Bizda kamomad va katta qarz bor edi. Hozir ham vaziyat xuddi shunday. Ehtimol, 20 yil o‘tganini hisobga olsak, holat ancha yomonroq. Yana bu murakkabliklarga moliyaviy feyr-pleyni qo‘shish kerak. La Liga o‘rnatadigan qoidalar bor. Ushbu klub boshqaruvi bilan bog‘liq ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi, ammo biz moslashishimiz kerak. 

Klubni qutqardik, jamoa yana raqobatbardosh. Bizning asosiy maqsadimiz - La Liga. Biz maksimal barqarorlikka erishishni, baxtsiz hodisalarga duch kelmaslikni xohlaymiz. Biz shu erdamiz, kurashni davom ettiramiz, La Ligani yutdik.

Biz La Ligada gegemonligimizni davom ettirmoqchimiz va Chempionlar Ligasida raqobatbardosh bo‘lish sari yana bir qadam tashlamoqchimiz. Bu muhim", - dedi "Barsa" prezidenti. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!