
Laporta “Barselona” nima qilsa chempion bo‘lishini aytdi
“Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta jamoa joriy mavsumda chempion bo‘lishiga ishonmoqda.
“Valensiya”ga qarshi o‘yindan oldin, beshta uchrashuvda yutsak, chempion bo‘lishimizni aytgandim. Endi o‘yinlar soni bittaga qisqardi. Shu to‘rtta bahsni o‘z foydamizga hal qilsak, mamlakat chempioni bo‘lamiz. Men jamoaga ishonaman, - dedi Laporta.
Ayni paytda musobaqa jadvalida 76 ochko jamg‘argan “Atletiko” peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda turgan “Real” futbolchilari o‘z hamshaharlaridan ikki ochkoga ortda qolmoqda. “Barselona” hisobida ham Zidan shogirdlari singari 74 ochko bor.
“Barselona” chempionatdagi oxirgi uchrashuvni “Atletiko”, “Levante”, “Selta” va “Eybar”ga qarshi o‘tkazadi. 8 may kuni Kataloniyada “Atletiko” bilan bo‘ladigan o‘yin chempionlik masalasiga oydinlik kiritadi.
Fikrlar
1.Реал М
2.Барса
3.Атлетико М