Laporta “Barsa”ga zo‘r hujumchi olib bermoqchi
“Barselona” klubi xo‘jayini Joan Laporta yangi bosh murabbiy Xans-Diter Flikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatmoqda.
Ispaniyaning Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, Laporta “Manchester Siti” hujumchisi Xulian Alvaresni Kataloniyaga olib kelishni rejalashtirgan.
Klub rahbari argentinalik jahon chempioni amalga oshirlayotgan yangi loyihanga har jihatdan mos tushadi, deb ishonmoqda.
Xulian Alvares “Manchester Siti”da norvegiyalik to‘purar Erling Xoland soyasida qolib kelyapti. Xosep Gvardiola qo‘l ostida jami 103 ta uchrashuvda maydonga tushgan Alvares 36 ta gol va 18 ta assist muallifi bo‘lgan.
Transfermarkt portali ekspertlari 24 yoshli hujumchini 90 million evroga baholagan



Fikrlar