Laporta: "Barsa" hakamlarni sotib olmagan, ayblovlar — asossiz"

  • 5 dekabr, 02:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Negreyra ishi bo‘yicha kechayotgan jarayon haqida fikr bildirdi.

Tecno

Laporta vaziyat yuzasidan quyidagi fikrlarni bildirdi:

"Bu jarayon hukm chiqarilguncha davom etadi. Biz sud jarayonida ishtirok etyapmiz va barcha qarorlar "Barsa" sudyalarni sotib olmaganini, hech qanday noqonuniy ish qilmaganini ko‘rsatmoqda. Boshqa xususiy ayblovchilar hech qanday ishonarli dalil taqdim qilgani yo‘q. Agar yangi dalillar paydo bo‘lsa, jarayon uzaytiriladi. Hammasi shunga olib keldiki, sudyahukmni kechiktirmoqda.

Bizni sudgacha aybdor deb atashdi. Men ishonamanki, “Barsa” oxir-oqibat oqlanadi. Ayrimlar bu ishning davom etishidan manfaatdor. Ular “Barsa” sudyalar yordamida yutib kelgan, deb da’vo qilishda davom etmoqda — bu muttasil yolg‘on.

72 yil davomida hakamlar qo‘mitasida doimo “Real”ning a’zosi bo‘lgan. “Real” katta ta’sir kuchiga ega. Biz g‘alaba qozonganimizda bundan faxrlanamiz, chunki bunday sharoitda har bir g‘alaba yanada qimmatli.

Xaver Tebas “Real” o‘z telekanali orqali hakamlarga ta’sir o‘tkazishga harakat qilayotganini aytgan edi. Balki “Real” telekanali nima qilayotganiga ham e’tibor qaratish kerak", — dedi Laporta.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda "Barselona" va klub rahbariyati Ispaniya Futbol federatsiyasi (RFEF) huzuridagi hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga berilgan to‘lovlar orqali poraxo‘rlikda ayblangan edi. Sud 2001–2018 yillar orasida "Barselona" tomonidan Negreyraga to‘langan bir necha million evroni jinoyat deb topgan. Yaqin kunlarda ish bo‘yicha bir nechta shaxslar — Negreyraning o‘g‘li Xaver Enrikes, klubning sobiq prezidentlari Sandro Rosel va Jozep Bartomeu ham sudda ko‘rsatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!