
"Lans" hujumchisi faoliyatini Bundesligada davom ettiradi
"Lans"ning eng iqtidorli futbolchilaridan biri hisoblangan Lois Openda faoliyatini Bundesligada davom ettirishga yaqin turibdi. Uni "Leyptsig" klubiga sotib olmoqchi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Lans" va "Leyptsig" 38 million evrolik shartnoma borasida kelishib olgan. Hujumchi bilan 5 yillik bitim imzolanadi. Ta’kidlash joiz, mazkur xarid nemis jamoasi uchun eng qimmat transfer hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Openda yakuniga etgan mavsum Frantsiya klubining eng sermahsul futbolchisi bo‘ldi. U 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar