
Lamin Yamal Chempionlar ligasida gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Rekord "Barsa" futbolchisiga tegishli
Lamin Yamal "Monako"ga qarshi o‘yinda Chempionlar ligasidagi debyut golini urdi. Shu tariqa, u turnir tarixiga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Gap shundaki, vinger EChLda gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi (17 yosh, 68 kun). Rekord esa Ansu Fatiga tegishli. U 2019/2020 mavsumning 6-turida "Inter"ga qarshi o‘yinda milanliklar darvozasini ishg‘ol qilgandi (17 yosh, 40 kun).
Lamin uchun mavsum juda yaxshi keldi. U "Barsa" tarkibida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol ishtirok etid, ya’ni 4 ta gol urib, 4 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar