
La Liga. "Real" - chempion!
La Liga 35-turidan o‘rin olgan "Real" - "Espanol" bahsi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Qirollik klubi" safida Rodrigo dubl qayd etdi. Shuningdek, Asensio hamda Benzema o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 81 taga etkazib olgan holda, muddatidan avval chempionlik masalasini hal qildi. 39 ochkosi bor Kataloniya klubi 13-pog‘onani band etgan.
Fikrlar