La Liga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Barsa" irodali tarzda g‘alaba qozondi
La Liganing 24-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Valensiya" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin kataloniyaliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Bahs davomida ko‘p voqeliklar sodir bo‘ldi. 15-daqiqada Busketsni ajoyib pasini Rafinyani golga aylantirdi. 55-daqiqada "Valensiya" darvozasiga penalti belgilandi. Shu vaqt Xavi shogirdlari 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirish uchun bahslashib qoldi va to‘p oldiga Ferran yaqinlashdi. Ammo Torres noaniq zarba yolladi. Oradan ko‘p o‘tmay Ronald Arauxo raqib hujumini qaytarish maqsadida qo‘pollik ishlatdi. Hakam unga qizil kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi. 10 kishi bo‘lib qolgan "Barsa" o‘yin oxirigacha g‘alabani ushlab qolishga harakat qildi va bunga erishdi.
Shu tariqa, "Barselona" 3 ochkoni qo‘ga kiritib, turnir jadvalidagi peshqdamligini saqlab qoldi.



Fikrlar