La Liga "Barselona"ning yozgi transfer rejalarini rad etdi
Kataloniyaning “Barselona” klubi kelasi yozda transferlarsiz qolishi mumkin.
"Sport" nashri xabariga ko‘ra, La Liga rahbariyati "ko‘k-anorranglilar"ning klub moliyaviy feyr-pley qoidalarini chetlab o‘tib, yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashi mumkin bo‘lgan rejasini rad etgan.
"Barselona" hozirda Lionel Messining qaytishi bilan bog‘liq muzokaralar olib bormoqda. Klubning nomzodlar ro‘yxatidan, shuningdek, "Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan va Bilbaoning "Atletik" klubi markaziy himoyachisi Inigo Martines ham bor. Rahbariyat barcha operatsiyalarni erkin agent sifatida yakunlashni xohladi.



Fikrlar