La Gazette dello Sport Italiya chempionatining eng yaxshilarini aniqladi

  • 15 dekabr, 2020, 14:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning eng mashhur nashrlaridan biri La Gazette dello Sport 2020 yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi bo‘yicha o‘z sovrindorlarini e’lon qildi.

Tecno

O‘tgan yil yanvar oyida "Milan"ga ko‘chib o‘tgan Zlatan Ibragimovich eng yaxshi futbolchi, "rossonerilar" ustozi Stefano Pioli eng yaxshi murabbiy unvonini qo‘lga kiritdi.

2020 yil kalendarida Zlatan milanliklar libosida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. "Milan" o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, chempionatda 6-o‘rinni egalladi, joriy mavsumda esa, A Seriya 11-turidan so‘ng 27 ochko to‘plab birinchi o‘rinda bormoqda.

Oldinroq, "Atalanta" yakunlanayotgan yilning eng yaxshi klubi, deb topilgani haqida xabar berib o‘tgan edik.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!