Kvangjuda suv sporti turlari bo‘yicha JCh qanday yakunlandi?

CHERY AUTO

Janubiy Koreyaning Kvangju shahrida suv sporti turlari bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. 12-28 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan mazkur dunyo birinchiligida 193 mamlakatdan 3000 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

Tecno

Musobaqa davomida Xitoy terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha yakka peshqadamlik qildi. Chin o‘lkasi vakillari 16 ta oltin, 11ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. 15 ta oltin, 11 ta kumush va 10 ta bronza medali bilan AQSh termasi umumjamha bo‘yicha ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 12-11-7 ko‘rsatkichi bilan rossiyaliklar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

maxresdefault_10

Suzish bellashuvlari davomida 9 ta jahon rekordi yangilandi va 1 bor takrorlandi. Ushbu yo‘nalishda AQSh termasi medallar jamlash bo‘yicha tengsiz bo‘ldi (14-8-5).

Mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi suvga sakrash, sinxron suzish va suzish yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etdi. Biroq vakillarimiz hech bir yo‘nalishda final bosqichigacha etib bora olishmadi.

Yaqin yillar ichida suv sporti turlari muxlislarning nigohi Osiyo qit’asida bo‘lib qolaveradi. Zero, kelasi yili Tokio Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilsa, 2 yilda bir bora o‘tkaziladigan mazkur yo‘nalishdagi jahon chempionati 2021 yili Yaponiyaning Fukuoka, 2023 yili Qatarning Doxa shahrida o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!