
Kutilmagan qaror: Muhammad Saloh “Liverpul”dan ketadigan bo‘ldi
O‘tgan mavsum “Liverpul”ning Angliya Premer-ligasida chempion bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan Muhammad Saloh kelajagi bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi.
33 yoshli to‘purar yaqinda klub bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirib, 2027 yilning yozigacha Liverpulda qolishga ko‘ngan edi. Biroq endi vaziyat o‘zgargani aytilmoqda.
Football Transfers nashrining ma’lum qilishicha, misrlik futbolchi 2026 yilning yozida Mersisayd klubini tark etishni istayapti. Muhammad Saloh kelasi yoz Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishni reja qilgan.
“Liverpul” esa, bu transferdan mo‘maygina daromad ishlab olishi mumkin.
Muhammad Saloh yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 52 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 34 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 23 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar