Kutib oling! Pochettino Premer-ligaga qaytmoqda

  • 14 may, 2023, 22:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi"ga Maurisio Pochettino bosh murabbiy bo‘lishi deyarli aniq bo‘lib ulgurdi. U iyundan ish boshlaydi va Lempard jamoani tark etadi, ya’ni hech qanday yordamchi murabbiy yoki qanaqadir maslahatchi bo‘lib qolmaydi. Argentinalik mutaxassis esa o‘z yordamchilari bilan klub boshqaruviga keladigan bo‘ldi. Sports.uz sizlarga Pochettinoning Londonga tashrifi qanday bo‘lgani va uni qilishi kerak bo‘lgan ishlari haqida maqola taqdim etadi. 

Tecno

Nega aynan Pochettino?

"Chelsi"da Pochettinodan tashqari yana bir qancha variantlar bor edi. Londonliklar Luis Enrike bilan muzokaralar o‘tkazdi. 53 yoshli ispan bilan kelisha olmagan klub radariga Nagelsmann ham tushgandi. Ammo ular Pochettinoni olib kelishni istadi. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: nimaga aynan Pochettino? Ma’lum bo‘lishicha, birinchi sabab bu Maurisioning inglizchani juda yaxshi bilishidir. U avval ham Premer-ligada ishlagan va bu borada yuqori tajribaga ega. Enrike va Nagelsmann inglizchani Pochettinochalik bilishmasdi. Rahbariyat birinchi navbatda kiyinish xonasidagi muhitni to‘g‘rilamoqchi. Shu sababli, ularga fikrini to‘liq etkazib bera oladigan inson kerak edi. Shuningdek, Pochettino yoshlar bilan juda yaxshi ishlay oladi. Klub siz tanigan Loris, Alli Eriksen, Son, Uolker va Tripper kabi futbolchilarni etishtirib bergan mutaxassis bilan ishlashni xohladi. Ushbu mavsum klub safiga ko‘plab umidli o‘yinchilar kelib qo‘shildi. Aynan mana shu omil ham Pochettinoni bosh murabbiylik uchun favoritga aylantirdi.

Harry Kane of Tottenham Hotspur hugs Manager of Tottenham Hotspur Mauricio Pochettino, after the Premier League match between Everton FC and...

Murabbiyda ham boshqa variantlar bor edi?

Nafaqat "Chelsi"da, balki Pochettinoda ham boshqa variantlar bor edi. U PSJni tark etganidan keyin Apngliyaning bir qator o‘rtamiyona jamoalari murabbiyga aloqaga chiqqan. Ammo u kattaroq klubni boshqarishni xohlagani uchun barchasiga rad javobini berdi. Bundan tashqari, Pochettinoda "Real"da ish boshlash imkoni ham mavjud edi. Agarda madridliklarni Anchelotti tark etganida, uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan murabbiylar orasida argentinalikning nomi ham bor edi. Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat Karloni jamoada olib qoldi va u hech qaerga ketmadi. Bir qancha nashrlar Pochettinoni "Tottenxem"ga ustozlik qilishi mumkinligi haqida yozdi. Ammo 51 yoshli mutaxassis hech qachon "shporlar" bilan muzokaralar o‘tkazmagan. Levi uni ortga qaytarish haqda o‘ylamagan ham. Aslini olganda, "Chelsi" mavsum boshida ham Pochettino bilan bog‘langan. O‘shanda u London jamoasini taklifini qabul qilmagan va Potter olib kelingandi. Uyog‘iga nima bo‘lganini o‘zingiz bilasiz. 

Image

Pochettinoni oldinda nimalar kutib turibdi?

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Pochettino klubning barcha ishlarida o‘zi harakat qiladi. Aniqrog‘i, jamoaga kim kelishi, kim ketishi va yangi shartnomalar borasida o‘zi qaror qabul qiladi. U shunchaki maydonga tushib, o‘zi olib kelmagan futbolchilarga ko‘rsatmalar berib turadigan (Potterga o‘xshagan) murabbiy bo‘lmoqchi emas. Argentinalik "Chelsi"ga keliboq ayrim futbolchilar bilan yangi bitimlar tuzishi kerak bo‘ladi. Jamoani yozda KanteMauntKepaMendi va Kovachich singari futbolchilar tark etishi mumkin. Mish-mishlarga ko‘ra, Pochettino Mauntni olib qolmoqchi. U yarim himoyachini tarkibning eng muhim qismi bo‘lishini istaydi. 24 yoshli inglizning amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etishi kerak. Biroq u mavsum so‘nggida ketishni ma’qul ko‘radi. Meysonni "Liverpul" o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Agarda ikkala klub kelisha olsa, mersisaydliklar uni sotib olishga tayyor. Pochettinoning keyingi qiladigan ishi bu darvozabon masalasini hal qilishdir. "Chelsi"dan ikkala posbon ham ketishi mumkin. Mendi kam o‘yin amaliyoti sabab o‘ziga boshqa klub izlamoqda. Maurisio esa birinchi raqamli darvozabon sifatida "Aston Villa"dan Emilianoning transferini amalga oshirishni istaydi. 

Tottenham Hotspur manager Mauricio Pochettino having words with Chelsea's Cesar Azpilicueta during during Carabao Cup Semi- Final 2nd Leg between...

Bu ishlar tugaganidan keyin yangi hujumchi borasida qaror qabul qilinishi kerak. "Chelsi" har qanday holatda ham strayker sotib oladi, ya’ni Lukakuning qaytishi, hujumchi kelishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Pochettinoning oldida ikkita tanlov bor: Lautaro yoki Keyn. Bu "Chelsi"ning ehtimoliy xaridlari va ularning barchasi argentinalik murabbiyning istagi bo‘yicha amalga oshiriladi.

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!