
Kurtua: "Real"ga hujumchi kerak emas
“Real” Madrid klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoaga Krishtianu Ronaldudek hujumchi kerak yoki kerak emasligi borasida berilgan savolga quyidagicha javob qaytardi.
“Biz bir mavsumda 40-50 ta gol ura oladigan futbolchi haqida gapiryapmiz. Ammo u jamoadan ketganiga 1,5 yil bo‘ldi. Bizning jamoamizda gol urishni biladigan yaxshi futbolchilar bor.
Karim (Benzema) – ajoyib futbolchi. U allaqachon ko‘plab gollar urdi. Bizga hujumchi kerak deb o‘ylamayman, men jamoaga to‘liq ishonaman”, - deydi belgiyalik posbon.
Fikrlar