Kurtua: “Men "Liverpul" bilan uchrashishni xohlayman”

  • 18 fevral, 14:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” posboni Tibo Kurtua Rio Ferdinandga intervyu berdi. Ushbu podkast davomida futbolchi Chempionlar ligasining navbatdagi bosqichlarida qaysi jamoaga qarshi o‘ynamoqchi ekanligini aytdi. 
 
“Agarda biz Evropa Chempionlar ligasida keyingi bosqichlariga yo‘l oladigan bo‘lsa, umid qilamanki “Liverpul” bilan to‘qnash kelamiz. Shu bois, albatta bu uchrashuvda ham muvaffaqiyatga erishishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz” – dedi 32 yoshli darvozabon. 
 
Eslatib o‘tamiz, Kurtua “Real Madrid” tarkibida mersesaydliklarga qarshi 6 marta to‘qnash kelib, 4 ta g‘alaba, 1 ta during va 1 ta mag‘lubiyatga uchragan. Yagona muvaffaqiyatsizlik ham joriy mavsum EChLning guruh bosqichida yuz berdi. Ushbu bellashuvda Arne Slot shogirdlari 2:0 hisobida “qirollik klubi” ustidan zafar quchgan edi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!