Kroos: “Hakam VARni ko‘rganda penalti berar edi”

  • 18 iyul, 2024, 22:43
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toni Kroos to‘p Mark Kukurellaning qo‘liga tekkan vaziyati haqida gapirdi.

Tecno

Chorak final bahsida Jamol Musiala bergan zarbadan so‘ng, to‘p “Chelsi” himoyachisi Mark Kukurellaning qo‘liga tekkan edi. Uchrashuvning bosh hakami Entoni Teylor “qizil furiyalar” darvozasiga penalti belgilamagan edi.

“Men bugungacha o‘zimni ushlab turdim, oxirgi podkastda biz buni muhokama qilmasligimizni aytgan edim. Lekin bu vaziyatni qayta ko‘rib jahlim chiqdi.

Aytishim kerakki, o‘yin davomida men bu vaziyatni aniq ko‘rmadim. Bu toza qo‘l ekanligini ko‘rishning iloji yo‘q edi. Men hakamga qaradim. U ko‘rib chiqishga hojat yo‘q deb hisobladi, VAR yordamchisi ham bu fikrga qo‘shildi va u penalti emasligiga ishora qildi.

Menimcha, hech bo‘lmaganda ko‘rib chiqish kerak edi. Gap shundaki, agar u buni ko‘rsa penalti berish kerakligini bilar edi. U bunday muhim o‘yinda bunga yo‘l qo‘ymoqchi emasligini his qildi,” - dedi Germaniyaning sobiq yarim himoyachisi "Einfach mal luppen" podkastida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!