Ronalduning agenti: Faqatgina Fergyuson Krishtianuni darhol qo‘lga kiritishni istagan edi

  • 30 mart, 2020, 12:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorde Mendesh mijozining "Sporting" safidan "Manchester Yunayted"ga o‘tish tarixi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

"Murabbiy - har qanday transferdagi eng muhim tarkibiy qism deb ta’kidlab kelganman. Krishtianu Ronaldu bunga mukammal javob bo‘ladi. Barcha jamoalar uni sotib olishni istashdi, ammo ular Krishtianuni "Sporting"da ijarada qoldirmoqchi edilar.

Faqatgina ser Alek Fergyuson uni darhol qo‘lga kiritishni istadi. Shu bilan birga men bu eng yaxshi echim ekanligiga shubha qilmadim.  Hech ikkilanmasdan qaror qabul qilganimning boisi - "Manchester Yunayted" uning uchun ideal jamoa edi", - deya Mendeshning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Daily Mail" nashri.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik forvard 2003-2009 yillarda "qizil iblislar" safida to‘p surgan va 292 bahsda 118 ta to‘p kiritishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!