Kovalenko Italiyaga ketadi

  • 19 dekabr, 2020, 15:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukrainaning "Shaxtyor" klubi yarim himoyachisi Viktor Kovalenko faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

24 yoshli ukrainalik futbolchiga "Atalanta"dan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan. Bu haqda Tuttomercatoweb xabar bermoqda. Aytish kerakki, joriy mavsum yakunida Viktorning “konchilar” bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli, u yozda yangi jamoasiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tishi mumkin.

Kovalenko shu kungacha “Shaxtyor” safida 199 ta o‘yinda maydonga tushdi va 32 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi 4,5 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!