Koutino "Aston Villa"ni tark etadi

  • 4 may, 2023, 21:34
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" yarim himoyachisi Felippe Koutino yozda klubni tark etishi mumkin. Gap shundaki, birmingemliklarga Mateu Alemani sport direktor bo‘ladi. U mavsum so‘nggida "Barsa"ni tark etib, Angliyada ish boshlaydi. Ispaniyalik mutaxassisning kelishi braziliyalik futbolchini jamoadan ketishiga sabab bo‘ladi, deya xabar berdi "Mundo Deportivo" nashri. 

Tecno

Koutino 2022 yilda "Aston Villa"ga "Barselona"dan 20 million evro evaziga o‘tgandi. U Stiven Jerrard davrida jamoaning asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanardi. Ammo ushbu mavsumda bir necha marta jarohat olib, safdan chiqqanidan keyin klub uning yordamiga muhtoj bo‘lmay qoldi.

Alemani kelganidan keyin "Aston Villa" transfer bozorida faol bo‘lishga harakat qiladi. Jamoa bir nechta yirik xaridlarni amalga oshirmoqchi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!