Koshta - Kun qahramoni!
Diego Koshta Portugaliya "Evro-2024"ning nimchorak finalida Sloveniyaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshladi. Darvozabon o‘yin davomida 2 ta seyv qilishga muvaffaq bo‘ldi. 120 daqiqada darvoza daxlsizligini saqlab qolib, penaltilar seriyasda katta sahnaga chiqdi.
Dastlab, Ilichich zarbasini qaytargan Koshta Balkovechni ham xafa qildi. Shu bilan birga, Verbich tepgan to‘pni olib chiqib, seriyaga nuqta qo‘ydi va portugallarni chorak final sari etakladi.
Shu tariqa, jamoaning keyingi raqibi bu Frantsiya bo‘ldi. 6 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda yarim finalchi nomni aniqlashtiriladi.
24 yoshli posbon doimo top klublar e’tiborida bo‘lib kelgan. Uning "Portu" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Shuningdek, darvozabonning transfer narxi 40 million evroni tashkil qiladi.



Fikrlar