Koronavirusdan saqlanish bo‘yicha tavsiyalar

  • 23 mart, 2020, 08:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi sportchilarga, murabbiylarga va tashkilotning barcha xodimlariga COVID-19 koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish va undan himoyalanish bo‘yicha quyidagi maslahatlarni beradi:

Tecno

1.Yo‘taladigan va aksiradigan insonlardan 3 metr masofada turing. Agar shu paytda 3 metr uzoqlikda turolmasangiz, niqob taqing.

2.Yo‘taladigan va aksiradigan insonlar bilan yaqin aloqadan saqlaning (qo‘l berib ko‘rishish, o‘pishish va quchoqlashish).

3.Telefon va boshqa buyumlardan foydalangandan so‘ng yuvilmagan qo‘llaringiz bilan burningizni, lablaringizni, ko‘zlaringizni, umuman yuzlaringizni ushlamang!

4.Turli narsalarga (qo‘llaringizni silkitib, eshik va avtomobil tutqichlariga tegib, uyali telefon ushlab, avtobuslar va mikroavtobuslar tutqichlari va hokazo) qo‘llaringizni iloji boricha tez-tez yuving. Agar qo‘lingizni yuvishning iloji bo‘lmasa, spirtli suyuqliklarga asoslangan antiseptikni (qo‘llarni tozalash vositalarini) qo‘llang.

5.Odamlar gavjum bo‘lgan joylarda (jamoat transporti, bozor, to‘y, tantanalar va hokazo) imkon qadar kamroq bo‘lishga harakat qiling. Agar siz bunday joylarda bo‘lsangiz, niqob taqing.

6. Paxta yoki doka ichiga botirilgan antiseptik (qo‘llarni tozalash vositasi) bilan mobil telefonlaringizni tez-tez tozalang.

7.Agar siz jamoat joylarida bo‘lsangiz (avtobuslar, mikroavtobuslar, to‘y, tug‘ilgan kun, odamlar 3 metrdan kam masofada), niqob kiying.

8.Agar siz yo‘talayotgan, aksirayotgan odamning yonida bo‘lsangiz yoki o‘tirsangiz niqob taqing.

9.Agar siz o‘zingizda isitma his qilsangiz, aksirsangiz, yo‘talsangiz va buning natijasida o‘zingizni yomon his qilishni boshlasangiz, buni boshqa odamlarga yuqtirmaslik uchun niqob taqing.

10.Profilaktika va infektsiyani nazorat qilish bo‘yicha yangiliklarni kuzatib boring, chunki yuqorida keltirilgan koronavirus infektsiyasiga qarshi barcha tavsiyalar mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin.

Ushbu maslahatlar Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan 2020 yil 21 martgacha bo‘lgan umumiy aholi uchun ko‘rsatmalarni o‘rganib chiqqandan so‘ng tayyorlangan.

Doniyor Karimov,

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi vrachi,

yuqumli kasalliklar shifokori.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!